Turizmni boshqarish tizimi va uning bosqichlari

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Authors

  • Mashxura Turdimurodova Orolov Shoxruxbek Asqaraliyevich SamISI tuzim kafedrasi assistenti

Keywords:

turizm, boshqaruv tizimi, rejalashtirish, tashkil etish, nazorat, menejment, strategiya, xizmat sifati, turizm bozori

Abstract

Mazkur maqolada turizmni boshqarish tizimining nazariy asoslari, uning iqtisodiy mohiyati, tarkibiy elementlari hamda boshqaruv jarayonining asosiy bosqichlari kompleks va tizimli yondashuv asosida tahlil qilinadi. Turizm sohasi murakkab va ko‘p komponentli tizim sifatida transport, joylashtirish, ovqatlanish, ekskursiya, madaniy xizmatlar va boshqa ko‘plab faoliyat turlarini o‘z ichiga olishi sababli uni samarali boshqarish alohida yondashuvni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, maqolada turizmni boshqarish tizimi yagona integratsiyalashgan mexanizm sifatida ko‘rib chiqilib, uning asosiy funksiyalari – rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat va tahlil bosqichlari izchil ravishda yoritilgan.

Downloads

Published

2026-04-22