Turizmda innovatsiyalar va raqamlashtirish jarayoni

Authors

  • Rustamova Mushtariy Valiyorjon qizi Uralov Shoxruxbek Asqaraliyevich SamISI Turizm kafedrasi assistenti

Keywords:

turizm, innovatsiya, raqamlashtirish, onlayn bronlash, elektron to‘lov, , mobil ilova, virtual tur, CRM, ma’lumotlar tahlili, xizmat sifati, raqobatbardoshlik

Abstract

Maqolada turizm sohasida innovatsion yondashuvlar va raqamlashtirish jarayonining mazmuni, asosiy yo‘nalishlari hamda amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Turizm xizmatlarida onlayn bronlash, elektron to‘lov, mobil ilovalar, ma’lumotlar tahlili, virtual sayohat, sun’iy intellektga asoslangan tavsiyalar va mijozlar bilan raqamli aloqa mexanizmlarining o‘rni ochib beriladi. Tadqiqotda tahlil, taqqoslash, tizimli yondashuv va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijada raqamlashtirish turizm xizmatlarining tezkorligini, shaffofligini, qulayligini va raqobatbardoshligini oshirishi, biroq infratuzilma, kadrlar salohiyati, kibermuhofaza va mahalliy kontent bilan bog‘liq masalalar ham dolzarb bo‘lib qolishi asoslandi. Maqola xulosalarida turizm subyektlari uchun bosqichma-bosqich raqamli transformatsiya modeli va uni samarali amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi.

Downloads

Published

2026-04-21