MASOFAVIY TA’LIM SHAROITIDA INTERAKTIV METODLARNING AHAMIYATI

Authors

  • Oyatillo Usmonov Yoldoshali ogli

Keywords:

masofaviy ta’lim, interaktiv metodlar, talaba faolligi, raqamli platforma, forum, loyiha metodi, keys-stadi, refleksiya, o‘zaro baholash, mustaqil ta’lim

Abstract

Mazkur maqolada masofaviy ta’lim sharoitida interaktiv metodlardan foydalanishning pedagogik zarurati, didaktik asoslari va amaliy samaradorligi tahlil qilinadi. Masofadan o‘qitish jarayonida o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi bevosita aloqa kamayishi, nazoratning murakkablashishi hamda o‘quv motivatsiyasining pasayish xavfi kuchayishi mumkin. Shu sababli ta’lim jarayonini faollashtiruvchi interaktiv metodlar – muammoli savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, forum-munozara, loyiha metodi, keys-stadi, refleksiya va o‘zaro baholash usullarining qo‘llanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada interaktiv metodlar talabaning mustaqil fikrlashi, muloqot kompetensiyasi, axborot bilan ishlash ko‘nikmasi va ta’lim natijalariga mas’uliyatini kuchaytirishi asoslab beriladi. Shuningdek, raqamli platformalarda interaktivlikni ta’minlash omillari, uchraydigan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bayon etiladi.

Downloads

Published

2026-03-26